photo_2026-05-13_09-51-11 (2)
“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI” FUTBOL MUSOBAQALARIDA O‘G‘IL BOLALAR JAMOAMIZ FAXRLI G‘ALABAGA ERISHDI!

“Toshkent davlat tibbiyot universiteti Shifokor sport majmuasida” “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi futbol musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi. Musobaqada oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro murosasiz bahslarda ishtirok etdi. Universitetimizning o‘g‘il bolalar futbol terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada “C” guruhidan munosib qatnashib, har bir uchrashuvda o‘zining mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan ajralib […]

photo_2026-05-08_18-11-26
“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI” BASKETBOL MUSOBAQALARIDA O‘G‘IL BOLALAR JAMOAMIZ FAXRLI ZAFAR QOZONDI!

“Toshkent politexnika universiteti sport majmuasida” “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi basketbol musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi. Musobaqada 39 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etdi. Universitetimizning o‘g‘il bolalar basketbol terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etib, “B” guruhida o‘zining ishonchli va jamoaviy o‘yinlari bilan ajralib turdi. Har bir uchrashuvda yigitlarimiz matonat, iroda va jamoaviy […]

photo_2026-05-07_15-23-41 (4)
“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI”HUDUDIY BOSQICHDA BASKETBOL MUSOBAQALARIDA QIZLAR JAMOAMIZ MUNOSIB ISHTIROK ETMOQDA!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi basketbol sport musobaqalariga tantanali ravishda start berildi. Universitetimizning qizlar basketbol terma jamoasi 37 ta kuchli jamoa ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada “A” guruhida ishtirok etib, o‘zining ishonchli va chiroyli o‘yinlari bilan ajralib turmoqda. Har bir o‘yinda qizlarimiz matonat, iroda va birdamlik namunasi sifatida maydonda […]

photo_2026-05-07_11-50-51
“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI” VOLEYBOL MUSOBAQALARI BOSHLANDI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi voleybol sport musobaqalariga tantanali ravishda start berildi. Universitetimizning o‘g‘il bolalar terma jamoasi 51 ta kuchli jamoalar ishtirok etgan musobaqada “A” guruhidan munosib o‘rin oldi. Voleybolchi yigitlar saralash, chorak final hamda yarim final     bosqichlarida o‘zining yuqori mahorati, tezkor harakatlari va chiroyli kombinatsiyalari bilan barcha […]

photo_2026-05-02_13-05-07
Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Shifokor” sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha hududiy (shahar) bosqich musobaqalari yuqori saviyada boshlandi.

Mazkur nufuzli sport tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida tashkil etilib, yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek,   talaba-yoshlar o‘rtasida jamoaviylik, birdamlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Musobaqalarda A, B va C guruhlarga bo‘lingan holda 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining qizlar voleybol jamoalari ishtirok etmoqda. Bellashuvlar keskin va […]

photo_2026-04-30_08-58-23
Toshkent Davlat Tibbiyot universiteti 3 kampus hududida sportning ARMRESTLING  turi bo’yicha 1-stomatologiya fakultetiti va 2- stomatologiya fakultetiti talabalari o’rtasida musobaqa o’tkazildi.

Musobaqa muhtaram prezidentimiz  yoshlar o’rtasida sportni rivojlantirish va jismonan sog’lom bo’lishga qaratilgan  tashabusi bilan  2 vazn (75 va 75+) o’rtasida , 1 va 2 stomatologiya, 3- davolash fakulteti talabalari o’rtasida o’tkazildi. Musobaqalarni shu sport turi mutaxasisis tomonidan nazorat qilib borildi. Musobaqa olimpiya nizomi asosida o’tkazildi. Murosasiz kechgan bellashuvda 75 kg dan yuqori vazn bo’yicha 3-o’rin […]

photo_2026-05-01_13-14-37
»Amir temur vorislari» sport musobaqasi hududiy bosqichi O’zbekiston Milliy universitetida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etib, sport ruhini namoyon etdilar. Mazkur musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda O’zbekiston milliy universitetidan biriktirilgan mas’ullar —  katta mas’uliyat va fidoyilik bilan faoliyat olib bordilar. Musobaqa dasturidan 100m yugurish, turnik, turgan joyidan uzunlikka sakrash, granata uloqtirish yo‘nalishlari o‘rin oldi. Bellashuvlar davomida sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, […]

photo_2026-05-02_21-31-13
Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi yakunlandi!

Mazkur nufuzli musobaqada 20 ta jamoa hamda 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va xodimlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalar: 1-o‘rin —1-son umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasi jamoasi 2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali jamoasi 3-o‘rin — 1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi jamoasi Musobaqa […]

photo_2026-05-03_21-18-03
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI SPORT MAJMUASIDA “REKTOR KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI DOIRASIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHI XODIMLAR O‘RTASIDA STOL TENNISI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida professor-o‘qituvchi xodimlar o‘rtasida stol tennisi bahslari yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorati va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz tarzda kechib, turnir yakunlariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar faxrli o‘rinlarni egalladilar: Ayollar o‘rtasida: 1-o‘rin — Xoliyeva Nigora 2-o‘rin — […]

photo_2026-04-28_11-54-37 (3)
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga tantanali start berildi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari ko‘tarinki ruh, sportga xos shiddat va katta ishtiyoq bilan boshlandi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimini universitet rektori Sh.A. Boymuradov ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarga omad, kuch-g‘ayrat va munosib g‘alabalar tiladi. Rektor o‘z nutqida sportning jamoani birlashtiruvchi, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi va inson salomatligini […]