zulfiya tadbir
Adiblar xiyobonida Zulfiyaxonim haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida oliy ta’lim muassasalari tomonidan universitetga biriktirilgan Zulfiyaxonim haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, O‘zbek va xorijiy tillar hamda Pedagogika kafedralari, shuningdek, universitet fakultetlarining faol talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbir davomida san’at va madaniyat yo‘nalishiga qiziqadigan […]

forum
10-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi!” mavzusidagi volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi!” mavzusidagi volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova volontyorlik faoliyatining jamiyat va yosh qizlar tarbiyasidagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar besh yo‘nalish bo‘yicha seksiyalarga ajratildi. Toshkent davlat tibbiyot […]

pt
Ma’naviyat va adabiyot bayrami – Toshkent davlat tibbiyot universitetida unutilmas tadbir!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir ochilishida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, t.f.d., professor Turdiqul Akramovich Bobomurodov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida yurtimizning taniqli ijodkor va olimlari […]

Navoiy Bobur KS
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida tashkil etildi. Dars jarayonida talabalarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek xalqining ma’naviy va tarixiy tafakkuridagi beqiyos o‘rni, ularning adolat, mas’uliyat va komil inson g‘oyalarini o‘z asarlari hamda hayoti orqali targ‘ib etgani haqida batafsil ma’lumot […]

zulfiya
«Zulfiya-sharq ayolining timsoli»

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori T.A. Bobomuratov, Xotin-qizlar kengashi raisi I.K.Maxkamova, 2-son davolash fakulteti talabasi Shodmonqulova Diyora tomonidan universitet talabalari ishtirokida «Zulfiya-sharq ayolining timsoli» mavzusida seminar-trening tashkil etildi: Seminar-trening davomida Zulfiya hayoti, uning ijodiy jasorati, ayollik sha’ni va ma’naviy kuch timsoli sifatidagi o‘rni keng yoritildi. Ishtirokchilar shoira hayotidagi […]

yil talabasi
Respublika tanlovi g‘oliblari — Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari uchun Buxoro viloyatida tadbirlar tashkil etildi. 6 fevral kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Yilning eng faol talabasi – 2025” tanlovida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari yuqori natijalarga erishdi: “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon […]

Navoiy
Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga qarashli 5-sonli Talabalar turar joyida  buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan mazmunli tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalar tomonidan Navoiy hazratlarining g‘azallari mahorat bilan o‘qilib, g‘azalxonlik kechasi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda mehmon sifatida TTJ tarbiyachi-pedagoglari hamda 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, dotsent Aslanov Akmal Subxanovich tashrif […]

Teatr
Tarixdan kuch olib, kelajak sari dadil qadam

 Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlar uchun yuksak ma’naviy ahamiyatga ega madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Talabalar poytaxtimizning nufuzli san’at maskanlaridan biri – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri sahnasida namoyish etilgan Jaloliddin Manguberdi spektakliga tashrif buyurdilar. Tashrif yoshlar qalbida milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi. Tadbirda universitetning Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi fakultetidan 25 […]

2-DAV maktab
Maktablar bilan hamkorlik

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-Davolash fakulteti hamda Toshkent shahar Olmazor tumani 22-son umumta’lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik rejasi ishlab chiqildi va kelishib olindi. Hamkorlik doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlar belgilandi. Maktab o‘quvchilari uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etish, har haftaning juma kuni “Tibbiyot kuni” sifatida belgilanishi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Axborot-resurs markazi (ARM) bilan maktab kutubxonasini integratsiya […]

giyohvandlikka qarshi kurash
Toshkent davlat tibbiyot universitetida fevral oyi “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi”

Toshkent davlat tibbiyot universitetida fevral oyi “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” Toshkent davlat tibbiyot universitetida fevral oyi “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan, 2026-yil 3-fevral kuni talaba-yoshlar o‘rtasida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan […]