Maroqli dam olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish yanada ortib bormoqda. Ta’til kunlaridan so‘ng universitet sport zallarida faollik sezilarli darajada kuchaydi.
Xususan, voleybol, futbol hamda stol tennisi kabi ommabop sport turlari yoshlar orasida keng ommalashmoqda. Ushbu sport mashg‘ulotlari talabalarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonidagi zo‘riqishlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanish talabalarning intizomli bo‘lishi, vaqtdan unumli foydalanishi va kelgusida o‘z kasbiy faoliyatida faol hamda bardoshli mutaxassis […]









