Toshkent davlat tibbiyot universitetida – Talabalar ligasi doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida yengil atletika yugurish musobaqalari yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi!
Toshdavtu sport majmuasi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlari bilan haqiqiy sport maydoniga aylandi. Universitet fakultetlaridan 300 dan ortiq o‘g‘il bolalar musobaqada faol ishtirok etib, tezlik, chidamlilik va iroda kuchida o‘zaro bellashishdi. Start chizig‘idan boshlangan shiddatli bahs har bir soniyada yanada qizidi. Ishtirokchilar marraga yetib kelguniga qadar bor kuchini ishga solib, g‘alaba uchun qat’iyat […]









