Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida navbatdagi «Kelajak soati» mashg‘uloti o‘tkazildi.
🔺Mashg‘ulot davomida talabalar Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professori N. Muhamadiyev hamda dotsent, YoBIB dekan o’rinbosari A. Xudayberdiyev tomonidan mamlakatimizda o‘tgan haftadagi muhim yangiliklar bilan tanishtirildi. 🔻Mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimidagi nutqi, Samarqand viloyatiga tashrifi va “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqining […]









