photo_2025-12-12_20-42-24
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi sport musobaqasining “Milliy kurash” turi bo‘yicha haqiqiy bahodirlar maydoni ochildi. Bellashuv ruhiyati yuksalgan kurash maydonida 60, 66, 73, 81 va 90+ kg vazn toifalarida 100 ga yaqin polvon o‘z kuchi va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Вellashuvda tomoshabinlarga milliy kurashning haqiqiy ruhi va hayajonini his ettirdi. 60 kg vazn toifasi bahodirlari Baratov Abduraxmon- Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 104A-guruh talabasi raqiblarini epchil harakatlar bilan dog‘da qoldirib, vazn toifasi chempioniga aylandi. Xurramov Nurzod -Pediatriya fakulteti 105-guruh talabasi matonat bilan oxirigacha kurashib, ikkinchi pog‘onani egalladi. Muxammadiyev Og‘abek- 1-Stomatologiya fakulteti 211B- guruh talabasi […]

photo_2025-12-04_10-03-01
Fakultetlararo basketbol musobaqalariga rasman start berildi.

ToshDavTU Pediatriya  sport majmuasida talaba yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishga qaratilgan navbatdagi “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida fakultetlararo basketbol turi bo’yicha musobaqalariga rasman start berildi. Musobaqalar Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti dekani – Valiyev Abdusamad Razzakovich mas’ulligida tashkil etildi. Bellashuvlarda universitetning barcha fakultetlarning jamoalari ishtirok etib, o‘zaro do‘stlik, birdamlik va sog‘lom raqobat ruhini namoyon etdilar. Jamoalar […]

photo_2025-11-27_17-04-03
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA TALABALAR LIGASINING UNIVERSITET BOSQICHI BOSHLANDI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida an’anaviy Talabalar ligasining universitet bosqichi o‘ziga xos shijoat va yuqori kayfiyat bilan start oldi. Ligada alohida o‘rin tutadigan futbol musobaqalari bu yil ham yuqori saviyada, kuchli tayyorgarlik va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, jamoalarning maydondagi harakatlari, jangovor ruhi va g‘alaba uchun intilishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan sport murabbiyi Saidov S.Ch. o‘zining jiddiy […]

photo_2025-11-22_18-30-57
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida sport bayrami bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bayram doirasida so‘zga chiqqan rasmiy mehmonlar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va oliy ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, tadbirda “Besh tashabbus olimpiadasi” […]

photo_2025-11-22_12-04-22
Ayni damda “Shifokor” sport majmuasida sport bayramining badiiy qismi boshlandi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida “Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida o‘tayotgan katta sport bayramining badiiy qismi o‘z nihoyasiga yetib, sahna tomoshalari boshlandi. Tadbirning badiiy qismi doirasida: • universitet talabalari va ijodiy jamoalarining musiqiy chiqishlari, • milliy raqs va sport elementlari uyg‘unlashtirilgan kompozitsiyalar, • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib […]