Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va Endokrinologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan ijtimoiy mas’uliyat doirasida navbatdagi xayriya aksiyasi amalga oshirildi.
Mazkur tashabbus doirasida Toshkent shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassislar tomonidan aholining sog‘lig‘i tekshirilib, zarur tavsiyalar va davolash bo‘yicha maslahatlar berildi. Ushbu xayriya aksiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash hamda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat […]









