Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash
hamda yoshlarning tibbiy bilimlarini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Joriy yilning 13-may kuni universitet mutaxassislari Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar uchun “Revmatoidli artrit kasalligi” mavzusida mazmunli seminar o‘tkazdilar. Seminar davomida revmatoidli artrit kasalligining kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, zamonaviy tashxislash usullari, davolash tamoyillari hamda profilaktika choralariga oid […]









