tg_photo-872
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Bugun yurtimizda milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va davlat suverenitetining timsoli bo‘lgan O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda. Ona tilimiz — xalqimizning bebaho boyligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy mustahkamligining asosi hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan bu sana xalqimizning o‘zligini, tarixini va madaniyatini e’zozlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida yodga olinadi. […]

tg_photo-871
Bugun O‘zbek tili bayrami kuni!

O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni qadrini yuksaltirishda tarixda bobolarimiz, yozuvchi, shoirlar, har bir millat vakili o‘z jasoratini ko‘rsatgan. Orada tilimiz kesildi, cheklandi. Lekin yana qayta dunyoga kuch, jasorat bilan kirib keldi. Bu jasorat har birimizning qonimizda bo‘lishi, uni avaylab-asrashimiz eng katta mas’uliyatimizdir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni belgilandi, jahon minbarlarida yangray boshladi. […]

tg_photo-870
U oliygohga qadam qo‘ygan ilk yillaridanoq ilmiy izlanishlarda o‘zini sinab ko‘rishga intildi.

U oliygohga qadam qo‘ygan ilk yillaridanoq ilmiy izlanishlarda o‘zini sinab ko‘rishga intildi. Bugun uning ilmiy maqola va tezislari soni 20 dan oshgan. Eng qizig‘i, bu izlanishlar faqat bitta yo‘nalish bilan cheklanmaydi. Bolalar tibbiyotidagi islohotlar, klinik atamalar, inson xotirasining fiziologik mexanizmlari, bolalarda tug‘ma nuqsonlar, refleks faoliyatining rivojlanishi, talabalarning ruhiy salomatligi va stressga bardoshliligi — bular yosh […]

tg_photo-862
Toshkent davlat tibbiyot universitetida germaniyalik ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

2026-yil 19-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida Germaniyaning Witten/Herdecke universiteti Parodontologiya kafedrasi mudiri, professor Anton Fridman hamda doktor Aziza Fridman ishtirokida uchrashuv va ilmiy-amaliy ma’ruzalar tashkil etildi. Germaniyalik ekspertlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori professor Sh.Boymuradov bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. […]

tg_photo-860
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasida Qozon federal universiteti dotsenti, PhD ilmiy darajasiga ega Fedotov Dmitriy Leonidovich o‘z pedagogik va ilmiy faoliyatini olib

bormoqda. Dmitriy Leonidovich universitet talabalari bilan o‘zining boy bilim va tajribasini o‘rtoqlashib, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda dunyoqarashini kengaytirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Mashg‘ulotlar davomida ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalari, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dars jarayonida talabalar bilan o‘zaro fikr almashish, ularning savollariga javob berish hamda […]

tg_photo-859
20-oktabr — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi

Oʻzbek adabiyotining zabardast namoyandasi, oʻzining mazmunli asarlari va teran fikrlari bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan buyuk adib Odil Yoqubov tavalludini yuksak hurmat va ehtirom bilan yodga olamiz. Odil Yoqubov ijodi — insoniylik, vijdon, adolat va Vatanga muhabbat kabi ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir. Uning “Ulugʻbek xazinasi”, “Diyonat” kabi asarlari insonni hayot haqida chuqur mushohada yuritishga, […]

tg_photo-858
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI, QALBIM IFTIXORI!

Til — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarixi va ma’naviyatini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir. Inson dunyoni ona tili orqali anglaydi, ilk so‘zlarini ona tilida aytadi, o‘z his-tuyg‘ulari, orzu-umidlari va qalb kechinmalarini shu tilda ifoda etadi. Shu bois ona tili har bir inson uchun eng aziz va muqaddas qadriyatlardan biridir. 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat […]

tg_photo-849
Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni!» shiori ostida “Besh tashabbus sport olimpiadasi”musobaqalarining fakultetlararo bosqichiga start berildi

Mamlakatimizda yoshlar siyosatini qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar doirasida joriy yilning 2-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus sport olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultetlararo bosqichi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli sport bayrami talaba-yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularning sogʻlom turmush tarziga boʻlgan […]