tg_photo-895
Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun nishonlandi

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasida “Ona-tilim iftixorim” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surdotarjimonlik yo‘nalishining 1-kurs talabalari, Pediatriya hamda Fundamental tibbiyot yo‘nalishlarining 2-kurs talabalari faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan ijro etilgan she’r va g‘azallar, milliy o‘zbek raqslari hamda ona tilimizning ulug‘vorligini […]

tg_photo-891
Toshkent davlat tibbiyot universiteti TTJ yashovchi qizlar bilan 1 Pediatriya fakulteti xotin qizlar ishlar boyicha rektor maslahatchisi D.A.UstaAzizova va universitet psixologi G.S.Djumanova

Toshkent davlat tibbiyot universiteti TTJ yashovchi qizlar bilan 1 Pediatriya fakulteti xotin qizlar ishlar boyicha rektor maslahatchisi D.A.UstaAzizova va universitet psixologi G.S.Djumanova ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va psixologik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida odob-axloq, o‘zini asrash, shaxsiy chegaralarni himoya qilish, turli salbiy ta’sirlarga berilmaslik va to‘g‘ri qaror qabul qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Psixolog tomonidan qizlarga o‘z his-tuyg‘ularini anglash […]

tg_photo-890
Giyohvandlik — asr vabosi.

Bitta xato qadam — butun bir umrning barbod bo‘lishi. Giyohvandlik — sekin-asta hayotni yutuvchi og‘u. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang! Sog‘lom kelajak o‘z qo‘lingizda. Yoshlarimizni bu illatdan asrash — nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki har birimizning, butun jamiyatning muqaddas burchidir! Talabalik — orzular ro‘yobga chiqadigan davr, uni bir shisha yoki tabletkaga almashmang!‼ Hushyor bo‘ling, hayotni va sog‘lom […]

tg_photo-888
“Til – qadri, el – qadri, inson – qadri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Til – qadri, el – qadri, inson – qadri”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 2026-yil 20-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-sonli talabalar turar joyi kutubxonasida Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Til – qadri, el – qadri, inson – qadri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Ijtimoiy fanlar […]

tg_photo-887
Ona tilim — faxrim, g‘ururim!

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! Bu sana xalqimiz uchun milliy g‘urur, o‘zlik va ma’naviyat timsolidir. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs talabalari tomonidan ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan videorolik tayyorlandi. Videorolik orqali talabalarimiz ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbat va hurmatini ifoda etdilar. Zero, o‘zbek tili — millatimizning bebaho […]

tg_photo-882
Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi va gematologiyasi kongressi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi va gematologiyasi kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy-amaliy anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan 1 000 nafarga yaqin yetakchi olimlar, shifokorlar va tibbiyot mutaxassislari ishtirok etmoqda. Kongressning asosiy maqsadi bolalarda uchraydigan onkologik va gematologik […]

tg_photo-876
Ona tilim — g‘ururim, iftixorim!

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbek va xorijiy tillar, pedagogika kafedra mudiri professor M.N.Israilova boshchiligida kafedra o‘qituvchilari tomonidan 3- son akademik litsey o‘quvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda […]

tg_photo-875
«Zakovat» — bilimni fikrga aylantirish maydoni

«Zakovat» — bilimni fikrga aylantirish maydoni 2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida o‘tkazilgan «Zakovat» intellektual olimpiadasida Dilnura tuman bosqichida birinchi, shahar bosqichida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Intellektual bellashuvlar insondan tezkor fikrlash, mantiqiy bog‘liqliklarni topish va bilimlarini turli vaziyatlarda qo‘llashni talab etadi. Bunday ko‘nikmalar tibbiyot ta’limida ham muhim. Chunki kelajakdagi shifokor faqat tayyor javoblarni bilishi emas, […]

tg_photo-874
Олмазор туманидаги ОТМларда таҳсил олаётган ҳурматли талабалар!

Кибержиноятларга қарши курашишда профилактик чора-тадбирлар самарадорлигини ошириш мақсадида Олмазор тумани ИИО ФМБ Киберпрофилактика бўлинмасининг расмий инстаграм саҳифаси ўз фаолиятини юритмоқда. Ушбу саҳифага аъзо бўлиб кузатиб борсангиз замонавий кибержиноятларнинг содир этилиш усуллари, улардан ҳимояланиш чоралари ва ушбу йўналишда туманда олиб борилаётган ишлар билан танишиб борасиз. https://www.instagram.com/cyber_olmazor?mdxt=MXd6bnh1MGlqazRiZA==

tg_photo-873
ONA TILI — MILLAT RUHI VA MILLIY G‘URURIMIZ!

ONA TILI — MILLAT RUHI VA MILLIY G‘URURIMIZ! Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimiz timsoli. Uni asrab-avaylash, qadrlash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir. Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Yosh kitobxon” klubi talabalari tomonidan ona tilimizning qadri, uning milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizdagi beqiyos o‘rnini yoritishga bag‘ishlangan maxsus kontent […]