tg_photo-295
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamoada samarali muloqot qilish qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan psixologik treninglar davom

Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamoada samarali muloqot qilish qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan psixologik treninglar davom etmoqda. 2025-yil 8-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampus psixologi G.S. Djumanova hamda 1-Pediatriya fakulteti 1-bosqich tyutori D. Madjidova hamkorligida 107-B guruh talabalari uchun “Kommunikativlik mahoratini oshirish” mavzusida trening o‘tkazildi. Trening davomida talabalarning muloqot qilish ko‘nikmalarini […]

tg_photo-289
“Kasbim — mening faxrim”

Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarni kasbga bo‘lgan hurmat va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. 2025-yil 9-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi psixologlari G. Umirova va G. Soibnazarova tomonidan 2-son talabalar turar joyida “Kasbim — mening faxrim” mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida talabalarga tanlagan […]

tg_photo-285
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning psixologik holatini qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur psixologik yordam ko‘rsatishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi 3-kampus psixologi E.M. Safarova hamda 2-kampus psixologi G.S. Djumanova hamkorligida 2-stomatologiya fakultetining 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqot davomida markazning faoliyati, maqsad va vazifalari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, markazning asosiy maqsadi — talabalarning o‘quv jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan […]

tg_photo-284
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti guruhlar talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda. Musobaqalarda Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti fakultetining 800 nafarga yaqin faol va sportga qiziqadigan talabalari ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va sport mahoratini namoyish etmoqdalar. Musobaqaning ochilish marosimida Tibbiy pedagogika, […]

tg_photo-283
O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari “THE World University Rankings – 2027” reytingida yangi natijalarni qayd etmoqda

#XalqaroReyting#THE_2027O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari “THE World University Rankings – 2027” reytingida yangi natijalarni qayd etmoqda Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World University Rankings – 2027” reytingi e’lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi. O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan […]

tg_photo-282
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqida mutaxassislar, ilmiy tadqiqotlar va kuchli

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidamutaxassislar, ilmiy tadqiqotlar va kuchli texnologik kompaniyalarga boʻlgan ehtiyoj haqida soʻz yuritib, tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlar ni ishga tushirish, ilmiy loyihalar ni qoʻllab-quvvatlash hamda texnologik tadbirkorlik uchun koʻproq imkoniyatlar yaratishni taklif qildi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

tg_photo-277
Xalqaro hamkorlik: tibbiyot, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida yangi loyihalar muhokama qilindi

Kuni kecha Toshkent davlat tibbiyot universitetida Xitoyning GX Foundation jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati va GX Foundation o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim, tibbiyot kadrlari tayyorlash hamda xalqaro hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuvda GX Foundation raisi Leung Chun-ying, jamg‘arma bosh direktori […]

tg_photo-273
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun profilaktik tashrif tashkil etildi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Birinchi mintaqaviy hududiy 51-sonli manzil-koloniyasiga amalga oshirildi. Mazkur tashrifdan […]

tg_photo-263
Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq

Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Anjumanda odamlar mintaqaning kelajagini belgilovchi eng muhim omil ekani taʼkidlandi. – Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni oʻsmoqda, yoshlar koʻpaymoqda. Oʻn, yigirma, oʻttiz yildan keyin mintaqa […]

tg_photo-261
Yosh tadqiqotchining innovatsion tashabbusi e’tirof etildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti talabasi Xalilova Ziyodaxon Tohir qizi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “35 000 tashabbus” milliy platformasi doirasida o‘zining innovatsion g‘oyasi bilan faol ishtirok etdi. Talaba tomonidan taqdim etilgan “Dental AI” tashabbusi stomatologiya sohasida zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tibbiyotning ushbu yo‘nalishida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgani […]