«MARD O‘G‘LON» — KUCH, CHAQQONLIK VA IRODA SINOVI!
Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari ishtirokida «Mard o‘g‘lon» sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida talabalar yugurish, tezkorlik, chaqqonlik va chidamlilik bo‘yicha o‘z kuch va imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar. Shuningdek, musobaqa doirasida armrestling, tosh ko‘tarish va turnikda tortilish kabi sport turlari bo‘yicha ham qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi. Musobaqada 122-AB 123-AB 124-AB 125-AB 126-AB va 127-AB guruhlari talabalari […]
#Milliy libos — millat ko’zgusi va g’ururi!
#Milliy libos — millat ko’zgusi va g’ururi!Go’zallik va qadriyat mujassam bo’lgan milliy liboslarimizda alohida fayz bor! O’zbekona fayz va nafosatga nima yetsin! Milliy liboslarimiz har birimizga alohida shukuh bag’ishlaydi. O‘zbek milliy liboslari bu nafaqat tashqi nafislik, balki xalqimizning boy tarixi, asriy an’analari va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir. Har bir atlas, adras, […]
#USTOZ_BERGAN_IMKONIYAT — 28 YILLIK SADOQATGA AYLANGAN
#WEEK_KARIMOV #USTOZ_BERGAN_IMKONIYAT — 28 YILLIK SADOQATGA AYLANGAN “Ilmiy meros haftaligi” davom etmoqda. Eng quvonarlisi, professor Hamid Yoqubovich Karimov haqida biz kutmagan manzillardan samimiy xotiralar, e’tiroflar kelmoqda. Ularning har biri Ustoz siymosining yangi bir qirrasini ochyapti. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi Mohidil Nazarovaning xotirasi esa bizni 28 yil ortga qaytardi. U universitetga ishga […]
O‘zbekistonning 8 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE World University Rankings – 2027” reytingida o‘rin egalladi
#XalqaroReyting#THE_2027O‘zbekistonning 8 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE World University Rankings – 2027” reytingida o‘rin egalladiTimes Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World Univrsity Rankings – 2027” reytingi e’lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi. O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 […]
#Studiya24 | 02.10.2026
#Studiya24 | 02.10.2026 Ta’limda yangi bosqich: o‘zgarishlar va yangi vazifalar mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
“Talabalikka bag‘ishlov — 2026”
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga joriy o‘quv yilida qabul qilingan talabalarning qasamyod qabul qilishi hamda 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan muhtasham “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi da “Talabalikka bag‘ishlov — 2026” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning badiiy qismida universitetda faoliyat yuritayotgan “Milliy estrada” va “Milliy cholg‘ular” badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolari ya’ni, “Leaders club” a’zolari […]
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari Bugun Universitet Simulyatsion markazi va Tibbiyot Muzeyida
bo‘ldilar. Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, Yaponiyaning zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Muzeyda namoyish etilgan tarixiy hujjatlar, noyob eksponatlar va tibbiyotga oid […]
«BESH TASHABBUS OLIMPIADASI»
Toshkent davlat tibbiyot universiteti fakultet guruhlari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasi start oldi! Barcha fakultet mas’ullaridan guruhlar tarkibidan sportga chanqoq, sog‘lom, faol va uddaburon talabalarni jalb qilgan holda, ularni mazkur sport musobaqalarida munosib ishtirok etish hamda faxrli o‘rinlarni egallash uchun safarbar etish so‘raladi. Sport musobaqalari quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: Futbol Voleybol Stritbol Stol tennisi Yengil […]
Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi
Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik […]








