O'zbekiston belgisi
Universitetimiz yoshlari “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 4-avgustdagi PF–3290-son Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qaroriga muvofiq Toshkent davlat tibbiyot universitetining quyidagi yoshlari taqdirlandilar: Turaev Bobur Botir o‘g‘li — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi kardiojarrohi, bolalar kardiojarrohi; Kamilov Jasurbek Dilshodovich — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar ittifoqi […]

Ijtimoiy loyiha
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari tomonidan ijtimoiy tashabbus amalga oshirildi

2025-yil 23-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti 1-bosqich 105 “a” va “b” guruh talabalari fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.D. Alimova boshchiligida Chilonzor tumanida joylashgan 66-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurishdi. Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tashrif davomida talabalar maktab tarbiyalanuvchilariga bayramona kayfiyat […]

Muallim filmi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tashabbusi bilan mamlakatimizdagi eng yirik — 1800 o‘ringa ega Alisher Navoiy nomli “Panorama” kinosaroyida “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tashabbusi bilan mamlakatimizdagi eng yirik — 1800 o‘ringa ega Alisher Navoiy nomli “Panorama” kinosaroyida universitet professor-o‘qituvchilari uchun yuksak tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyatga ega, vatanparvarlik ruhini targ‘ib etuvchi “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur badiiy asar ustozga bo‘lgan hurmat-ehtirom, kasbga sadoqat, fidoyilik va […]

https://youtube.com/shorts/vCHLrohpSPE
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev tashrif buyurdi

Tashrif doirasida Alisher Sa’dullayev dastavval universitetning o‘quv-ilmiy faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda talabalarga berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi direktori va universitet rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan ishlash, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent […]

13-sonli Talabalar turar joyi
Talabalar turar joyida yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Bobomurodov Turdiqul Akramovich bilan navbatdagi uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetining 13-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Turdiqul Akramovich talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, yashash xonalari, umumiy foydalanish joylari hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat uchun ajratilgan xonalarni ko‘zdan kechirdi. Talabalar turar joyining faollar zalida talabalar […]

Rahbar va yoshlar uchrashuvi
«Rahbar va yoshlar uchrashuvi»- ochiq muloqot va amaliy maslahatlar maydoni

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1–2-stomatologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomuratov Turdiqul Akramovich ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechimlar topish, shuningdek, yoshlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga oid muhim ko‘nikmalar […]

Gimnastrada
“Gimnastika barcha uchun!” shiori ostida Prezident kubogining Respublika bosqichi o‘tkazildi

“Universal” sport majmuasida xotin-qizlar o‘rtasida gimnastrada sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika bosqichi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. Musobaqada […]

Talabalar ligasi
Toshkent davlat tibbiyot universitetida –Talabalar ligasining futbol bellashuvi start oldi!

TDTU sport majmuasi bugun yana bir bor haqiqiy shov-shuv va katta hayajon markaziga aylandi. Talabalar ligasi doirasida o‘tkazilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi futbol musobaqalari kuch, mahorat va jamoaviy uyg‘unlikning yorqin namoyishi bo‘ldi. Universitet fakultetlaridan 1000 nafardan ortiq talabalardan tashkil topgan 34 ta jamoa musobaqada faol ishtirok etmoqda. Maydondagi har bir keskin hujum, aniq pas va darvozaga […]

Muallim filmi
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Muallim” badiiy filmi namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bir qator ma’ruzalari va chiqishlarida ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish, ularning fidoiy mehnati va hayotiy faoliyatini yorituvchi spektakllar, badiiy filmlar hamda seriallar yaratish bo‘yicha alohida topshiriqlar bergan edi. Mazkur ko‘rsatmalardan kelib chiqib, Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Muallim” badiiy filmi talaba-yoshlar uchun namoyish etildi. Ushbu film nafaqat ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga, balki kuchli tarbiyaviy va […]

Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif
“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash fakulteti talabalari bilan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurildi.  Muzey 2002-yil noyabr oyida xalqni ozodlikka da’vat etgan, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun kurashda qahramonlik ko‘rsatgan, totalitar tuzum davrida ommaviy siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, ajdodlar haqida so‘zlab berish maqsadida tashkil etilgan. Muzey ekspozitsiyasida mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon […]