Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 16-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar uchun ilhomlantiruvchi va mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Unda “Yuksalish” maktablari hamda “Yuksalish” Liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ishtirok etdi. Tadbirni Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Turdiqul Akramovich Bobomuratov kirish so‘zi bilan ochib, uchrashuvning ahamiyati va maqsadlariga to‘xtalib o‘tdi. Samimiy muloqot davomida mehmon […]

Jadid bobolarimiz
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida Jadid bobolarimiz hayoti, faoliyati va ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan “Ma’rifat darsi” tashkil etildi

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomuratov Turdikul Akramovich ochib berdi. O‘z nutqida u jadidlarning milliy uyg‘onish, ilm-ma’rifatni yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq ekanini ta’kidladi. Ma’ruza Tibbiy profilaktika va jamoat fakulteti dekani o‘rinbosari Alisher Axmadovich tomonidan o‘qildi. U jadidlarning ta’lim-tarbiya, matbuot, teatr va adabiyot orqali […]

koloniya tashrif
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TALABALARI UCHUN GIYOHVANDLIKNING SALBIY OQIBATLARI VA HUQUQIY MAS’ULIYAT BORASIDA AMALIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH MAQSADIDA 24-SON TARBIYA KOLONIYASIGA TASHRIF TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni talablarini ijro etish doirasida  universitet talabalari Toshkent viloyati IIV JIED birinchi mintaqaviy hudud 24-son tarbiya koloniyasida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbir davomida koloniya boshlig‘i Sh.A. Hidayatova, Davolash-profilaktika bo‘limi boshlig‘i kapitan Q. Fozilov, Tarbiyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i kapitan X. Xamrayev tomonidan jazoni ijro etish muassasasining kundalik ish […]

Konstitutsiya va yoshlar
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Konstitutsiya va yoshlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2025-yil 4-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” umumiy shiori ostida “Konstitutsiya va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirga universitet rahbariyati, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlari hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika va Toshkent shahar kengashi, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirok etdi. […]

“Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida sport bayrami
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida sport bayrami bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida “Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida keng ko‘lamli sport bayrami tashkil etildi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bayram doirasida so‘zga chiqqan rasmiy mehmonlar yoshlarning jismoniy faolligini […]

спорт расми
Sport tadbiri bo’lib o’tmoqda

Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetining «Shifokor» sport majmuasida «Sport – sog’lom xalq, sog’lom avlodning tayanch ustuni» shiori ostida bo’lib o’tadigan sport bayrami bo’lib o’tmoqda В настоящее время в спорткомплексе «Шифокор» Ташкентского государственного медицинского университета проходит спортивный праздник под лозунгом «Спорт – основа здорового народа, здорового поколения». Currently, a sports festival is being held at […]

“BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!”
“BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!”

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida unutilmas bayramona ruh hukm surdi! O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tomonidan yuksak iftixor, faxr va cheksiz shukronalik tuyg‘ulari bilan nishonlandi. Tadbir davomida bayroqning tarixi, undagi rang va timsollarning ma’nosi, xalqimizning buyuk orzu-istaklari ifodasi ekanligi yana bir bor esga olindi. Talabalar va professor-o‘qituvchilarning […]

Kelajak soati 12-mavzu
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bosh kampusi, Pediatriya kampusi va Stomatologiya kampusi hududlarida “Kelajak soati” rukni ostida “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida “Ma’rifat darsi” o‘tkazildi

Ma’rifat darsini tarix fanlari doktori, professor Mavrulov Abduxalil Abdulxayevich olib bordi. Dars davomida talabalar “bayroq” tushunchasining mazmuni, uning tarixiy kelib chiqishi va davlat hayotidagi o‘rni, shuningdek, “O‘zbekiston bayrog‘i” atamasining mazmun-mohiyati, uning mamlakatimizning muhim davlat ramzi sifatidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot oldilar.  Tadbir talabalarda O‘zbekiston bayrog‘ining mazmunini chuqur anglash, davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik […]

photo_5456390469782207777_y-1024x576
21-oktabr O’zbek tili bayrami kuni

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar, professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar! Bugun — 21-oktyabr, yurtimiz tarixida beqiyos ahamiyatga ega sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 1989-yilning 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, ona tilimizga davlat tili maqomi berildi. Bu kun nafaqat tilimiz, balki milliy g‘ururimiz, tarixiy o‘zligimiz va ma’naviy mustaqilligimizning timsolidir. […]

Ustozlar e’tirofi — biz yoshlar uchun eng katta ilhom manbaidir
Ustozlar e’tirofi — biz yoshlar uchun eng katta ilhom manbaidir

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, yoshlarimizning faxriy ustozi Qo‘ng‘irotboy Sharipov Avezimbetovich Bolalar milliy tibbiyot markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotini jadallashtirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, tibbiyot sohasi uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan tibbiyot markazlari o‘rtasida samarali integratsiyani yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha […]