Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi Chirchiq davlat universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv davomida tashabbus asosan Chirchiq davlat universiteti jamoasi qo‘lida bo‘ldi va ilk uchrashuv jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Shunga qaramay, yigitlarimiz maydonda oxirigacha kurash olib bordi, tezkor harakatlar va jamoaviy uyg‘unlikni namoyon etdi. Shuningdek, jamoa a’zolari bog‘lovchi A’zamov Asror, diagonal Gedala Sravan hamda temp hujumchi Mirkomilov Ibrohim pozitsiyalarida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniq zarbalari […]









