tg_photo-287
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetida talaba-qizlar o‘rtasida “BALLI QIZLAR” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

12-may kuni universitetning 2-kampusida Xotin-qizlar kengashi hamda tyutorlar tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tanlovda ishtirokchilar quyidagi 3 ta shart asosida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar: Tanishtiruv sharti “Mening iste’dodim” (erkin mavzu) Bahoriy salat tayyorlash Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qizlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash va turli sohalarda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga sharoit yaratishdir. […]

tg_photo-277
Poytaxtimizda “Silk Road – 2026” plastik va estetik jarrohlik bo‘yicha xalqaro Yevroosiyo kongressi o’tkazilmoqda

Biroz avval Toshkent shahridagi Azimut Grand Hotelda plastik, estetik va rekonstruktiv jarrohlik bo‘yicha “SILK ROAD 2026” xalqaro kongressi boshlandi. Tadbirning kirish qismini Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Eldor Adilov ochib berdi. Mazkur xalqaro kongressda dunyoning turli mamlakatlaridan hamda mahalliy tibbiyot muassasalaridan plastik, estetik va rekonstruktiv jarrohlik sohasidagi 100 dan ortiq tan olingan ekspert va mutaxassislar […]

tg_photo-276
Пойтахтимизда “Silk Road – 2026” пластик ва эстетик жарроҳлик бўйича халқаро Евроосиё конгресси ўз ишини бошлади.

Пойтахтимизда “Silk Road – 2026” пластик ва эстетик жарроҳлик бўйича халқаро Евроосиё конгрессиўз ишини бошлади. Ўзбекистон ҳамда Россиянинг Пластик, эстетик ва реконструктив хирурглар жамиятлари ҳамкорлигида ўтказилаётган тадбирдаГермания, Туркия, Озарбайжон, Кувайт, Саудия Арабистони, БАА, Беларусь, Қозоғистон, Қирғиз Республикаси,Тожикистонкаби қатор давлатлардан ҳам етук мутахассислар иштирок этмоқда.Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати.@ssvuz|@ssvmatbuotkotibi|Facebook|Instagram

tg_photo-267
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Alisher Navoiy merosiga bag‘ishlangan “Layli va Majnun” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi

Teatrning badiiy rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov mazkur spektakl haqida o‘z fikrlarini bildirib, Alisher Navoiyning betakror ijodiy merosi hisoblangan “Layli va Majnun” dostoni insoniy muhabbat, sadoqat va ma’naviy poklikni tarannum etuvchi nodir asarlardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu asarni zamonaviy sahna talqinida tomoshabinlarga yetkazish ijodiy jamoa oldidagi muhim vazifalardan biri bo‘lganini qayd […]

IMG_20260515_091136_002
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VOLEYBOL TERMA JAMOALARI RESPUPLIKA BOSQICHI MUSOBAQALARIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI!

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VOLEYBOL TERMA JAMOALARI MUNOSIB ISHTIROK ETDI!   “Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilgan Respublika bosqichi musobaqalarida Toshkent davlat tibbiyot universitetining qizlar va yigitlardan tashkil topgan voleybol terma jamoalari “B” guruh bahslarida munosib ishtirok etib, o‘zlarining chiroyli va mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozondi.   Musobaqada Respublikadagi eng kuchli jamoalar ishtirok etganiga qaramasdan, jamoamiz […]

tg_photo-257
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitetning “Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi” xodimlari hamda “Odam anatomiyasi va OXTA”, “1-son Travmatologiya va ortopediya”, “Atrof-muhit gigiyenasi”, “Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi” kafedralari professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar texnikum faoliyati, Toshkent davlat tibbiyot universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti va mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar hamda professor-o‘qituvchilar […]

tg_photo-253
Toshkent davlat tibbiyot universitetida davolash ishi yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasiga bag‘ishlangan muhim uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etib, 2025–2026 o‘quv yilida o‘tkaziladigan Yakuniy davlat attestatsiyasining tashkiliy jihatlari, baholash mezonlari va imtihon bosqichlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Qayd etilishicha, joriy yilda universitet bo‘yicha jami 1613 nafar bitiruvchi talabalar attestatsiya jarayonlarida ishtirok etadi. Uchrashuv davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, […]

tg_photo-249
Toshkent davlat tibbiyot universitetida davolash ishi yo‘nalishi bitiruvchilari bilan Yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik va uni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan

Toshkent davlat tibbiyot universitetida davolash ishi yo‘nalishi bitiruvchilari bilan Yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik va uni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Gastrointestinal va minimal invaziv xirurgiya bo‘limi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Adilxodjayev Asqar Anvarovich hamda Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri, […]

tg_photo-248
“Layli va Majnun” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat drama teatri hamkorligida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub “Layli va Majnun” dostoni asosida sahnalashtirilgan spektakl premyerasi tashkil etildi.Mazkur sahna asari ilohiy ishq, sadoqat va insoniy tuyg‘ularni yuksak badiiy talqinda ifoda etib, tomoshabinlarda chuqur ma’naviy taassurot uyg‘otishi bilan ahamiyatlidir. Spektakl g‘oyasi muallifi va adabiy maslahatchisi — O‘zbekiston xalq […]

tg_photo-244
Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi magistratura yo’nalishi talabalari va o’qituvchi Boboyeva M.AToshkent davlat tibbiyot universiteti muzeyi boy tarixi haqida chuqur bilim berish imkoniyatini yaratadi. Muzey eksponatlari orqali talabalar o‘zlari o‘qiyotgan bilim dargohining tarixiy voqealari, muhim shaxslari va ularning yutuqlari haqida bilim olishadi. Bu esa yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, o‘z madaniyati va tarixiga qiziqishni oshirishga yordam beradi.Tashrif […]