photo_2026-02-04_15-41-15
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriyada universitetning voleybol terma jamoasi hamda Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti voleybol jamoalari o‘rtasida qizg‘in va murosasiz o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yuqori sport ruhi, jamoaviy hamjihatlik va chinakam raqobat muhitida o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini namoyish etdi. Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilgan bahslar sport ixlosmandlariga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Qizg‘in kechgan o‘rtoqlik musobaqasi yakunlariga ko‘ra: 1-o‘rin — Toshdavtu voleybol jamoasi 2-o‘rin — TDAU voleybol jamoasi 3-o‘rin — Toshdavtu 1- […]

photo_2026-01-21_15-55-54 (3)
Maroqli dam olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish yanada ortib bormoqda. Ta’til kunlaridan so‘ng universitet sport zallarida faollik sezilarli darajada kuchaydi.

Xususan, voleybol, futbol hamda stol tennisi kabi ommabop sport turlari yoshlar orasida keng ommalashmoqda. Ushbu sport mashg‘ulotlari talabalarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonidagi zo‘riqishlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanish talabalarning intizomli bo‘lishi, vaqtdan unumli foydalanishi va kelgusida o‘z kasbiy faoliyatida faol hamda bardoshli mutaxassis […]

photo_2026-01-06_17-13-26
Тoshkent davlat tibbiyot universitetida qishki ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish hamda talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Xalqaro fakultet talabalari ishtirokida yugurish sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqa jarayonida talabalar o‘zlarining jismoniy chidamliligi, tezligi va qat’iyatini namoyon etdilar. Bellashuvlar nafaqat sport mahoratini oshirish, balki iroda, intizom, sabr-toqat va o‘z ustida ishlash kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi. Musobaqa davomida sog‘lom raqobat, sportga xos ruh va do‘stona muhit hukm surdi. Har bir ishtirokchi marraga birinchi bo‘lib yetib kelish uchun bor kuchini safarbar etib, […]

photo_2026-01-06_15-51-45
Sport – sog‘lom hayot garovi! Toshkent davlat tibbiyot universitetida qishki ta’til kunlarini talabalar uchun mazmunli va samarali tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Xalqaro fakultet talabalari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, jamoaviylik, intizom va o‘zaro hurmat kabi muhim fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar epchillik, tezkorlik va sport mahoratini namoyon etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Musobaqalar do‘stona, bir vaqtning o‘zida raqobatga boy muhitda o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini ishga solib, […]

photo_2025-12-26_16-12-11
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti talabalar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida Toshdtu Xalqaro fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada fakultetning turli guruhlaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etib, kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida talabalar jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdilar. Maydondagi raqobat, sportga bo‘lgan ishtiyoq […]

photo_2025-12-26_16-12-14
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti talabalar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida Toshdavtu Xalqaro fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada fakultetning turli guruhlaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etib, kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida talabalar jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdilar. Maydondagi raqobat, sportga bo‘lgan ishtiyoq […]

photo_2025-12-23_11-58-20
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida «Talabalar ligasi» doirasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi voleybol musobaqalari tobora keskin va murosasiz tus olmoqda. Har bir uchrashuvda jamoalar g‘alaba uchun bor kuchini ishga solib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etmoqda.

Navbatdagi natijalar qayd etildi: «Team Blockers» jamoasiga 2:0  «Elements» jamoasi mag‘lub bo‘ldi. “Leaders” jamoasi 2:1 «Gambet»jamoasi «Thrivers» jamoasi  “Akatkusiki” jamoasi  ustidan ishonchli 2:0 g‘alabani qo‘lga kiritdi “Leaders” jamoasi 2:0 Narkoz» jamoasi. «Stom-2» jamoasi  «Team magnum» jamoasiga 2:0 hisobida mag‘lub bo’ldi. “Team magnum ” jamoasi “UnQ” jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Gambet” jamoasi  “Team magnum […]

photo_2025-12-16_11-36-23
Toshkent davlat tibbiyot universitetida – Talabalar ligasi doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida yengil atletika yugurish musobaqalari yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi!

Toshdavtu sport majmuasi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlari bilan haqiqiy sport maydoniga aylandi. Universitet fakultetlaridan 300 dan ortiq o‘g‘il bolalar musobaqada faol ishtirok etib, tezlik, chidamlilik va iroda kuchida o‘zaro bellashishdi. Start chizig‘idan boshlangan shiddatli bahs har bir soniyada yanada qizidi. Ishtirokchilar marraga yetib kelguniga qadar bor kuchini ishga solib, g‘alaba uchun qat’iyat […]

photo_2025-12-16_11-43-23
Toshkent davlat tibbiyot universitetida – Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida yengil atletika yugurish musobaqalari ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi!

Toshdavtu sport majmuasi qizlar o‘rtasidagi yengil atletika yugurish bellashuvlarida 250 nafardan ortiq talaba-qizlar faol qatnashdilar. Musobaqada talaba-qizlar chaqqonlik, chidamlilik va qat’iyatni namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas sport lahzalarini taqdim etishdi. Start chizig‘idan boshlangan keskin bahs har bir soniyada kuchayib bordi. Qizlar marraga yetib kelguniga qadar bor imkoniyatini ishga solib, g‘alaba sari dadil intilishdi. Har bir yugurish […]

photo_2025-12-16_14-06-37 (3)
Toshkent davlat tibbiyot universitetida –Talabalar ligasining futbol bellashuvi start oldi!

Toshdavtu sport majmuasi bugun yana bir bor haqiqiy shov-shuv va katta hayajon markaziga aylandi. Talabalar ligasi doirasida o‘tkazilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi futbol musobaqalari kuch, mahorat va jamoaviy uyg‘unlikning yorqin namoyishi bo‘ldi. Universitet fakultetlaridan 1000 nafardan ortiq talabalardan tashkil topgan 34 ta jamoa musobaqada faol ishtirok etmoqda. Maydondagi har bir keskin hujum, aniq pas va darvozaga […]