Berdaq
Adiblar xiyobonida Berdaq haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab Adiblar xiyobonida oliy ta’lim muassasalari tomonidan universitetga biriktirilgan Berdaq haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, O‘zbek va xorijiy tillar hamda Pedagogika kafedralari, universitet fakultetlari va faol talaba-yoshlar ishtirokida tashkil etildi. Unda san’at va madaniyat sohasiga qiziqadigan talabalar tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan ijodiy to‘garaklar doirasida […]

Navoiy gul qo'yish
Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori T.A. Bobomurodov, fakultetlararo kengash vakillari va faol talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Marosim davomida ishtirokchilar ulug‘ bobomizning adabiy merosiga hurmat bajo keltirib, haykali […]

Tib ko'rik
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan navbatdagi keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 28-IDUMda universitet professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassis shifokorlar ishtirokida keng qamrovli profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Mazkur tadbirda jami 45 nafar malakali shifokor, shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor T.A. Bobomuratov boshchiligida mas’ul bo‘lim xodimlari faol ishtirok etdi. Tibbiy ko’rik davomida 650 nafar o’quvchilar, 100 nafarga […]

zulfiya tadbir
Adiblar xiyobonida Zulfiyaxonim haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida oliy ta’lim muassasalari tomonidan universitetga biriktirilgan Zulfiyaxonim haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi, O‘zbek va xorijiy tillar hamda Pedagogika kafedralari, shuningdek, universitet fakultetlarining faol talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbir davomida san’at va madaniyat yo‘nalishiga qiziqadigan […]

forum
10-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi!” mavzusidagi volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi!” mavzusidagi volontyor qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova volontyorlik faoliyatining jamiyat va yosh qizlar tarbiyasidagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar besh yo‘nalish bo‘yicha seksiyalarga ajratildi. Toshkent davlat tibbiyot […]

Navoiy Bobur KS
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida tashkil etildi. Dars jarayonida talabalarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek xalqining ma’naviy va tarixiy tafakkuridagi beqiyos o‘rni, ularning adolat, mas’uliyat va komil inson g‘oyalarini o‘z asarlari hamda hayoti orqali targ‘ib etgani haqida batafsil ma’lumot […]

zulfiya
«Zulfiya-sharq ayolining timsoli»

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori T.A. Bobomuratov, Xotin-qizlar kengashi raisi I.K.Maxkamova, 2-son davolash fakulteti talabasi Shodmonqulova Diyora tomonidan universitet talabalari ishtirokida «Zulfiya-sharq ayolining timsoli» mavzusida seminar-trening tashkil etildi: Seminar-trening davomida Zulfiya hayoti, uning ijodiy jasorati, ayollik sha’ni va ma’naviy kuch timsoli sifatidagi o‘rni keng yoritildi. Ishtirokchilar shoira hayotidagi […]

yil talabasi
Respublika tanlovi g‘oliblari — Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari uchun Buxoro viloyatida tadbirlar tashkil etildi. 6 fevral kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Yilning eng faol talabasi – 2025” tanlovida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari yuqori natijalarga erishdi: “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon […]

Navoiy
Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga qarashli 5-sonli Talabalar turar joyida  buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan mazmunli tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalar tomonidan Navoiy hazratlarining g‘azallari mahorat bilan o‘qilib, g‘azalxonlik kechasi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda mehmon sifatida TTJ tarbiyachi-pedagoglari hamda 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, dotsent Aslanov Akmal Subxanovich tashrif […]

Teatr
Tarixdan kuch olib, kelajak sari dadil qadam

 Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlar uchun yuksak ma’naviy ahamiyatga ega madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Talabalar poytaxtimizning nufuzli san’at maskanlaridan biri – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri sahnasida namoyish etilgan Jaloliddin Manguberdi spektakliga tashrif buyurdilar. Tashrif yoshlar qalbida milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi. Tadbirda universitetning Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi fakultetidan 25 […]