Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari tomonidan ijtimoiy tashabbus amalga oshirildi
2025-yil 23-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti 1-bosqich 105 “a” va “b” guruh talabalari fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.D. Alimova boshchiligida Chilonzor tumanida joylashgan 66-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurishdi. Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tashrif davomida talabalar maktab tarbiyalanuvchilariga bayramona kayfiyat […]
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tashabbusi bilan mamlakatimizdagi eng yirik — 1800 o‘ringa ega Alisher Navoiy nomli “Panorama” kinosaroyida “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tashabbusi bilan mamlakatimizdagi eng yirik — 1800 o‘ringa ega Alisher Navoiy nomli “Panorama” kinosaroyida universitet professor-o‘qituvchilari uchun yuksak tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyatga ega, vatanparvarlik ruhini targ‘ib etuvchi “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur badiiy asar ustozga bo‘lgan hurmat-ehtirom, kasbga sadoqat, fidoyilik va […]
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev tashrif buyurdi
Tashrif doirasida Alisher Sa’dullayev dastavval universitetning o‘quv-ilmiy faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda talabalarga berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi direktori va universitet rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan ishlash, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent […]
Talabalar turar joyida yoshlar bilan ochiq muloqot
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Bobomurodov Turdiqul Akramovich bilan navbatdagi uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetining 13-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Turdiqul Akramovich talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, yashash xonalari, umumiy foydalanish joylari hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat uchun ajratilgan xonalarni ko‘zdan kechirdi. Talabalar turar joyining faollar zalida talabalar […]
«Rahbar va yoshlar uchrashuvi»- ochiq muloqot va amaliy maslahatlar maydoni
Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1–2-stomatologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomuratov Turdiqul Akramovich ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechimlar topish, shuningdek, yoshlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga oid muhim ko‘nikmalar […]
“Gimnastika barcha uchun!” shiori ostida Prezident kubogining Respublika bosqichi o‘tkazildi
“Universal” sport majmuasida xotin-qizlar o‘rtasida gimnastrada sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika bosqichi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. Musobaqada […]
E’lon!
2025 yil 19 dekabr kuni soat 1100-1220 da Farmakologiya kafedrasining dotsenti v.v.b. Nodira Akmalevna Abzalova tomonidan Farmatsiya ta’lim yo‘nalishi f22-02a-guruh talabalariga «Dorivor o‘simliklar resursshunosligi» fanidan «O‘zbekistonning yangi istiqbolli dorivor o‘simliklari. Respublika ilmiy maskanlari olimlari tomonidan tibbiyot amaliyotiga tadbiq etilgan yangi dorivor o‘simliklar» mavzusida kafedraning 303-auditoriyasida ochiq dars bo‘lib o‘tadi. Farmakologiya kafedrasi mudiri, professor M.J.Allayeva
Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Muallim” badiiy filmi namoyish etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bir qator ma’ruzalari va chiqishlarida ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish, ularning fidoiy mehnati va hayotiy faoliyatini yorituvchi spektakllar, badiiy filmlar hamda seriallar yaratish bo‘yicha alohida topshiriqlar bergan edi. Mazkur ko‘rsatmalardan kelib chiqib, Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Muallim” badiiy filmi talaba-yoshlar uchun namoyish etildi. Ushbu film nafaqat ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga, balki kuchli tarbiyaviy va […]






