tg_photo-520
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyo’l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi bilan  xamkorlikda  olib borilayotgan ishlar

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyo’l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi bilan  xamkorlikda  olib borilayotgan ishlar Professional ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan  ishlar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyo’l Abu Ali ibn […]

tg_photo-514
18 may — Xalqaro muzeylar kuni

18 may — Xalqaro muzeylar kuni Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiyot tarixi muzeyida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda muzey ixlosmandlari muzeyga tashrif buyurib, tarixiy eksponatlar va tibbiyot sohasining boy merosi bilan yaqindan tanishmoqdalar. Muzeyda qiziqarli suhbatlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va ekskursiyalar tashkil etildi. 18 may kuni butun dunyoda […]

tg_photo-506
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Rossiyaning N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyot ta’limi, ilmiy tadqiqotlar hamda onkologiya yo‘nalishida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya tarkibida universitet rektori vazifasini bajaruvchi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan shifokor Ivan Petrovich Moshurov, Voronej davlat klinik bolalar shifoxonasi bosh shifokori, Timofey Valeryevich Chubarov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Marina Anatolyevna Kuznetsova ishtirok […]

tg_photo-501
Toshkent davlat tibbiyot universitetida davolash ishi yo‘nalishi bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati

, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida talabalarga 2025–2026 o‘quv yilida o‘tkaziladigan Yakuniy davlat attestatsiyasining tashkiliy jihatlari, baholash mezonlari va imtihon bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, bu yil universitet bo‘yicha jami 1613 nafar bitiruvchi YADA jarayonlarida ishtirok etadi. Uchrashuvda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati talabalar bilan muloqot qilib, ularning imtihonlarga tayyorgarlik […]

tg_photo-500
18-may — Xalqaro muzeylar kuni!

18-may — Xalqaro muzeylar kuni! Bugun Oʻzbekistondagi barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan kirish bepul bo‘ladi. Mazkur sana munosabati bilan muzeylarda bayram dasturlari, yangi ko‘rgazmalar hamda turli madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Barchangizni ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, muzeylarga tashrif buyurishga chorlaymiz! Yaqinlaringizga ham ulashing va birgalikda tarix hamda madaniyat olamiga sayohat qiling!

tg_photo-491
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son travmatologiya, ortopediya va XDJ kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2026-yil 15-may kuni Zangiota tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat

salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida texnikum rahbariyati va professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik asosida olib borilayotgan ishlar rejasi atroflicha muhokama qilindi. Mazkur muloqot ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Shuningdek, talabalar talabiga binoan “Tayanch-harakat tizimida kuzatiladigan tug‘ma va orttirilgan deformatsiyalar” hamda “Shoshilinch holatlarda birinchi tez tibbiy yordam […]

tg_photo-490
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-kampusida “15-may — Xalqaro oilalar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Xalqaro oilalar kuni har yili 15-may sanasida nishonlanadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasining 1993-yildagi A/RES/47/237 rezolyutsiyasi bilan e’lon qilingan bo‘lib, xalqaro hamjamiyat tomonidan oilaga qaratilayotgan yuksak e’tibor va e’tirofni aks ettiradi. 15-may kuni Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan universitet magistrlari va talabalari ishtirokida “Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” […]

tg_photo-488
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VOLEYBOL TERMA JAMOALARI MUNOSIB ISHTIROK ETDI!

“Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilgan Respublika bosqichi musobaqalarida Toshkent davlat tibbiyot universitetining qizlar va yigitlardan tashkil topgan voleybol terma jamoalari “B” guruh bahslarida munosib ishtirok etib, o‘zlarining chiroyli va mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozondi. Musobaqada Respublikadagi eng kuchli jamoalar ishtirok etganiga qaramasdan, jamoamiz har bir uchrashuvda yuqori mahorat, jangovor ruh va haqiqiy sportchilarga xos iroda […]

tg_photo-485
Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” hamda “Kasbiy ta’lim (Davolash ishi)” ta’lim yo‘nalishlari 6-kurs talabalari uchun “Dispansarizatsiya va tibbiy ekspertiza

hujjatlarini yuritish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Seminar universitet rektorining 2026-yil 12-may sanasidagi 1990-sonli buyrug‘iga asosan universitet O‘quv-uslubiy departamenti va tegishli dekanatlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, seminar davomida aholini dispansar kuzatuviga olish, tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va sifatli yuritish, nogironlik hamda mehnatga layoqatsizlikni aniqlash bo‘yicha tibbiy ekspertizani tashkil etish bilan bog‘liq dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar o‘qilmoqda. […]