RASMIY OGOHLANTIRISH
Bugun ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, telegram messenjerida ochilgan feyk akkauntlar orqali Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbarlari nomidan soha mas’ullariga soxta xabarnomalar yuborish holatlari tez-tez uchramoqda. Xususan, so‘nggi paytlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati nomidan yaratilgan ana shunday soxta profillar orqali universitet mas’ul xodimlariga turli yolg‘on axborot va noqonuniy ko’satma hamda topshiriqlar berilmoqda. Ushbu feyk akkauntlar orqali: […]


