tg_photo-356
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurishdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.R. Xurramov, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida G‘alaba bog‘i hududida joylashgan Shon-sharaf davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida talaba-yoshlar Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning mardligi, fidoyiligi va matonatini aks ettiruvchi tarixiy eksponatlar, jangovar mukofotlar, harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey […]

tg_photo-350
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetiga AQShning Pitsburg Universiteti Hamshiralik va Tibbiyot fakultetlari dekanlari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

2026-yilning 17-iyun kuni, AQShning Pitsburg Universiteti Hamshiralik va Tibbiyot fakultetlari dekanlari boshchiligidagi delegatsiya Universitetga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, tibbiyot mutaxassislarini malakasini oshirish, hamda hamshiralik va tibbiyot yo’nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yana rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, tibbiyot sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, tajriba almashish, malakali mutaxassislar tayyorlash va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni […]

tg_photo-346
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Bo‘lajak harbiy shifokorlar Vatanga qasamyod qildilar.

Toshkent davlat tibbiyot universitetidaBo‘lajak harbiy shifokorlar Vatanga qasamyod qildilar. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutida zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash kursi bitiruvchilarining Vatanga qasamyod qilish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Mazkur sharafli tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Davolash ishi fakulteti talabalari ham ishtirok etib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qildilar. Ikki yillik […]

tg_photo-339
Toshkent davlat tibbiyot universitetida kafedralar faoliyati tahlil qilinmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universitetida fakultet va kafedralarning joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirgan faoliyati yakunlari hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishlar davom etmoqda. Bugungi muhokamalar davomida navbatdagi kafedralarning ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, talabalar bilimini baholash tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda xalqaro […]

tg_photo-335
Toshkent davlat tibbiyot universitetida, Tibbiy-Pedagogika va Davolash Fakulteti talabalarning Yakuniy Davlat Attestatsiyasi jarayonlari yakunlandi.

Joriy yilning 1 va 12 iyun kunlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etildi. Attestatsiyaning birinchi bosqichi sifatida 2026-yil 1-iyun kuni talabalar nazariy bilimlarini baholashga qaratilgan test sinov imtihonida ishtirok etdilar. Test sinovlari zamonaviy baholash mezonlari asosida o‘tkazilib, bitiruvchilarning kasbiy […]

tg_photo-326
Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi kafedralarning 6 oylik faoliyati yakunlari hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.

Yig‘ilish davomida kafedralar tomonidan amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda. Ochiq va tanqidiy ruhda o‘tayotgan mazkur muhokamalar universitet faoliyatini yanada takomillashtirish […]

tg_photo-320
Mutolaa va orzular chorrahasi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joyi kutubxonasi faol kitobxonlari safida bo‘lgan talaba, yosh dizayner Shohida Tosheva O‘zbekiston Milliy kutubxonasida siyosatshunos olim Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” kitobi taqdimotida ishtirok etdi. Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lishiga qaramay, milliy liboslar va turli xalqlar madaniyatiga qiziqadigan talaba ushbu kitobdan o‘zining “Shoyimed” brendini rivojlantirish yo‘lida ilhom olayotganini ta’kidladi. Yoshlarning […]

E’lon

Shatursunova Madina Аbdujamilovnaning 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya ixtisosligi boʼyicha «Qandli diabetda suyak-boʼgʼim tizimi buzilishlari patogenezining metabolitik aspektlari» mavzusidagi tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 Ilmiy kengashning 2026-yil 27-iyun kuni soat 12:00 dagi majlisida boʼlib oʼtadi. Zoomhttps://us06web.zoom.us/j/87317573572?pwd=xZdRCyjsdYVjDn5t5Eyh3jzpdliG3Z.1 […]