Toshkent davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetining mas’ul xodimlari, universitetning Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining koordinatorlari va faol talabalardan iborat delegatsiyasi Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga yetib keldi. Delegatsiya a’zolari Nukus shahrida samimiy kutib olindi. Tashrif dasturiga muvofiq, ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirokida uchrashuvning rasmiy […]







