TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI FAOL TALABALARI UCHUN MO‘YNOQDA EKOLOGIK-MA’RIFIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan “5000 nafar yosh ekologiya targ‘ibotchisi” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi mashhur Kemalar qabristoniga ekologik-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning ekologik bilimlarini oshirish, Orol dengizi fojiasining oqibatlari bilan yaqindan tanishtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida ishtirokchilar Orol dengizining qurishi natijasida […]







