tg_photo-453
Zamonaviy xavfsizlik va raqamli boshqaruv tizimlari qanday ishlashini bilasizmi?

Ushbu videoda “aqlli uy tizimi”, videokuzatuv kameralarining ishlash prinsipi hamda markaziy monitoring tizimlari orqali xavfsizlikni ta’minlash jarayonlari batafsil namoyish etilgan. Real vaqt rejimida nazorat, tezkor boshqaruv va zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan ushbu tizimlar bugungi kunning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Videoni tomosha qiling va zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari bilan yaqindan tanishing! Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | […]

tg_photo-452
Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi

bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir. ​Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar… O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar… Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir. ​Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda […]

tg_photo-451
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti & UzMedPharm Agency — tibbiyot, farmakologiya va talabalar uchun yangi imkoniyatlar

Spiker: Shahrixoda Rizokulova Tibbiyot va farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligining fan, ta’lim va innovatsiyalar bo’limi bosh mutaxassisi UCHRASHUV MAVZULARI: Xalqaro grantlar va stipendiya dasturlari Xorijiy universitetlarga kirish imkoniyatlari Tibbiyot va farmatsevtika startaplari PharmaNext Generation innovatsion dasturi Akademik mobillik va xalqaro ta’lim BioPharma City istiqbollari Savol-javob sessiyasi Tashkilotchilar:Jakhongir MansurovDaler Samadov UzMedPharmAgency vakillari, Toshkent davlat tibbiyot universitetida 24-iyun […]

tg_photo-447
Ayni vaqtda Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yaponiyaning nufuzli tibbiyot tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv avvalida mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni, klinik bazalar, ilmiy salohiyat hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida rasmiy muloqot boshlandi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiy ta’lim, tibbiyot kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, akademik almashinuvlarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, stajirovkalar tashkil etish, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda xalqaro […]

E’lon

Bozarova Lutfiya Maxmudovnaning 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.14 – Onkologiya ixtisosliklari boʼyicha «Qoʼshimcha sut bezining saraton oldi  va saraton kasalligini tashxislash mezonlari va patologik anatomiyasi» mavzusidagi tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy […]

tg_photo-444
Toshkent davlat tibbiyot universitetida reabilitatsiya bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda

Seminar davomida ishtirokchilar Yaponiya reabilitatsiya tizimining o‘ziga xos jihatlari, bemorlarni tiklash jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar va xalqaro amaliyotda keng foydalanilayotgan baholash tizimlari bilan tanishmoqda. Tadbir dasturidan reabilitatsiyaning mazmun-mohiyati va asosiy maqsadlari, nogironlikka kompleks yondashuv hamda ICF (International Classification of Functioning, Disability and Health) tizimi asosida tahlil qilish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, reabilitatsiya samaradorligini baholashda FIM […]