2026-yilda kasbiy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
Kasbiy ta’lim muassasalari (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari) uchun o‘quv qo‘llanmalari tanlovi e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan mualliflar (yoki mualliflar jamoasi) tomonidan quyidagi hujjatlardan iborat takliflar tanlov komissiyasiga taqdim etiladi: ishtirok etish uchun buyurtmanoma; qatnashchining so‘rovnomasi; o‘quv adabiyoti konsepsiyasi; o‘quv adabiyotining reja-prospekti; bitta bobning namuna matni. Takliflar joriy yilning 20-iyun kuniga […]


