Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida sport tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida My.sport.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar normativ sport sinovlarini topshirishda faol qatnashdilar. Ishtirokchilar sport mashg‘ulotlari jarayonida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, faolligi va jamoaviy birdamligini namoyish etdilar. Mazkur sport […]
