tg_photo-618
Toshkent davlat tibbiyot universiteti dunyoning nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilingan THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra dunyoning TOP-1000

Toshkent davlat tibbiyot universiteti dunyoning nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilingan THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra dunyoningTOP-1000 universitetlar ro’yxatidan joy olib, 601–800 o‘rinlar oralig‘idan joy egalladi. Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

tg_photo-617
Bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilayotgani esa juda xavotirli.

Bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilayotgani esa juda xavotirli. Shu bois, O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalasi umummilliy harakatga aylantirilib, barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda. Yaqinda ushbu jinoyatlarga nisbatan javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun qabul qilindi. “Bu illatni […]

tg_photo-616
“Biz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan hech bir o‘g‘il-qizimiz chetda qolmasligi kerak”,

“Biz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan hech bir o‘g‘il-qizimiz chetda qolmasligi kerak”, – dedi Prezidentimiz. Yoshlar ishlari agentligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bu yil “Vatan mehri – ijtimoiy tashabbuslar” tanlovini o‘tkazib, aholi muammolari bo‘yicha eng yaxshi yechim bergan volontyorlar va 50 ta ijtimoiy loyiha muallifini taqdirlash topshirildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha […]

tg_photo-615
Ikki yil avval Xorazmda “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi boshlanib, 4 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni xorijiy til va axborot texnologiyalariga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ikki yil avval Xorazmda “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi boshlanib, 4 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni xorijiy til va axborot texnologiyalariga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur loyihani joriy yildan viloyat markazlari va Qoraqalpog‘istonning barcha tumanida, keyingi yillardan barcha tuman va shaharlarda ishga tushirib, 50 ming yoshni qamrab olish topshirildi. “Biz yoshlarimiz qalbida milliy ruhni shakllantirish, Vatanga muhabbat, el-yurtga […]

tg_photo-614
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi.

Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy […]

tg_photo-613
“Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil

“Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klaster i ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi. Yoshlar tarmoq va hududdagi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topishda ushbu superkompyuter va laboratoriyadan bepul foydalanadi. So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch, Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT parklar ishga […]

tg_photo-612
“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”,

“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”, – dedi davlatimiz rahbari. So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi.Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali 200 million dollarga yetdi. O‘tgan davrda 1 ming 200 […]

tg_photo-611
“Yurtimizda odamlarni ishli qilib, yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilayotgan eng asosiy qatlam, bu – tadbirkorlar.

“Yurtimizda odamlarni ishli qilib, yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilayotgan eng asosiy qatlam, bu – tadbirkorlar. Ularning orasida bilimli va tashabbuskor yoshlarimiz bor ekan, bizni hech kim hech qachon rivojlanishdan to‘xtata olmaydi”, – dedi Prezidentimiz. Hozirda yillik aylanmasi 500 milliard so‘mdan oshgan yosh tadbirkorlar soni 15 nafarga, 100 milliard so‘mdan oshgani 194 nafarga, 50 milliard […]

tg_photo-610
Hozirda 14 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarimiz AQSh, Yevropa, Yaponiya, Xitoy, Koreyaning yetakchi oliygohlarida ta’lim olmoqda.

Hozirda 14 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarimiz AQSh, Yevropa, Yaponiya, Xitoy, Koreyaning yetakchi oliygohlarida ta’lim olmoqda. Bunday yoshlar ta’tilda yurtimizdagi vazirlik, hokimlik, davlat va xususiy kompaniyalarda amaliyot va stajirovka o‘tashi uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun bir oyda ish beruvchilar va xorijda o‘qiyotgan talabalarni bir-biri bilan bog‘laydigan raqamli muloqot platformasi ishga tushiriladi. Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan har […]

tg_photo-609
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Yoshlarimiz o‘z natijasini platformaga kiritadi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va yoshlarga ball beriladi.

“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Yoshlarimiz o‘z natijasini platformaga kiritadi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va yoshlarga ball beriladi. Yuqori ball to‘plagan o‘g‘il-qizlarimizga ta’limda grant, kontraktga chegirma, “kasb vaucheri” beriladi, xorijda o‘qish puli qoplanadi. Tadbirkorlikda imtiyozli kredit olish, akselerator dasturida qatnashish imkoni yaratiladi. Ish joyida xorijiy stajirovka tashkil etiladi, davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasiga […]