tg_photo-947
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi  texnikumi  o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Реdiyatriya kampusiga tashrif buyurib  universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar

Sergeli Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi  texnikumi  o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Реdiyatriya kampusiga tashrif buyurib  universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida amaliy […]

tg_photo-944
“O‘ZBEK TILI — QALBIM TARJIMONI”

Respublika miqyosidagi tanlov — tilga ehtirom va millatlararo do‘stlik timsoli! 2026-yil 16-oktyabr kuni Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar o‘zbek tilini bilish darajasi, nutq […]

tg_photo-940
Giyohvandlikka qarshi kurash va talabalar xavfsizligini ta’minlash!

2026-yil 15-oktabr kuni Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida o‘qishini 2-kursga ko‘chirgan talabalar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda dekan o‘rinbosari, dotsent A.Xudayberdiyev, profilaktika katta inspektori K.Xusniddinov, tyutor Sh.Xamralieva ishtirok etib, talabalar bilan mavzu yuzasidan suhbatlashdi. Uchrashuvda Prezidentning PF-207-son Farmoni mazmuni, talabalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish haqida […]

tg_photo-933
“MEDDOMINUS” KLUBI — MADANIY-MA’RIFIY LOYIHALAR SEKTORI

ADIBLAR XIYOBONIGA MA’RIFIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI! 2026-yil 16-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari hamda “MedDominus” klubi vakillari ishtirokida Adiblar xiyoboniga ma’rifiy tashrif tashkil etildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy adabiy merosimizni chuqurroq o‘rganish, buyuk ijodkorlar hayoti va ijodini targ‘ib qilish hamda yoshlar qalbida […]

tg_photo-929
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI JIZZAXDA SEMINAR O‘TKAZISHDI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rejasi doirasida 2026-yil 14-oktabr kuni ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika” kafedrasi tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Usmanov Shuxrat O‘sarovich hamda kafedra assistenti Baxramov Maxmudjon Saydulloyevich ishtirok etdilar. Tadbir texnikumning […]

tg_photo-925
GIYOHVANDLIK VA UNING SALBIY OQIBATLARI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriya va xalq tabobati fakulteti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 10-sonli talabalar turar joyida “Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik va taqdimot namoyish etildi. Unda giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda […]

tg_photo-922
«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriya fakultetida talabalarning bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, topqirligi va zukkoliklarini namoyon etib, jamoaviy hamkorlik va tezkor fikrlash orqali o‘zaro kuch sinashdilar. Ushbu tadbir talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda fakultetda sog‘lom raqobat […]

tg_photo-921
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”STRITBOL SPORT TURI BO‘YICHA MUSOBAQA! Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining stritbol sport turi bo‘yicha universitet bosqichi fakultetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida tashkil etiladi. Sana: 22-oktabr Vaqti: 14:00 Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Pediatriya kampusi. Barcha fakultet talabalarini musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sport […]

tg_photo-916
O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli

2026-yil 19-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya yo‘nalishida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Bobur Bobomurod ishtirok etdi. Dars davomida o‘zbek tilining millat ma’naviyati, tarixiy xotirasi va milliy qadriyatlarini mujassam etgan bebaho meros ekani, uning mustaqil davlatchiligimizni ifodalash va xalqimizning o‘zligini namoyon […]

tg_photo-915
Kiberxavfsizlik — zamon talabi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “APK Qo‘riqchi” chellenji orqali yoshlar va keng jamoatchilikni kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishga, internet tarmog‘idagi tahdidlarga qarshi hushyorlikni oshirishga hamda raqamli xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga chorlamoqda! Unutmang, birgina ehtiyotsiz harakat shaxsiy ma’lumotlaringiz va moliyaviy mablag‘laringiz xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Shubhali havolalarga kirmang, noma’lum APK fayllarni yuklab olmang, shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga […]