tg_photo-912
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan talabalarga “Til – qadri, el – qadri, inson – qadri”

mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza tashkil etildi. Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifodalovchi bebaho qadriyat ekanligi alohida ta’kidlandi. Ona tilimiz xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan muqaddas boylik ekani qayd etildi. Ma’ruzada 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, ushbu tarixiy voqeaning xalqimiz hayotidagi ahamiyati […]

tg_photo-906
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: STRITBOL MUSOBAQASIDA G‘OLIBLAR ANIQLANDI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida talabalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Keskin va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqada jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, aniq zarbalari va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, g‘oliblik uchun bor kuch va mahoratlarini ishga soldilar. 1-o‘rin — Xalqaro fakultetining “Geza” jamoasi; 2-o‘rin — Tibbiy […]

tg_photo-898
O‘ZBEK TILI – MILLAT G’URURI VA MA’NAVIYAT KO’ZGUSI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida tibbiy pedagogika va davolash ishi, 2-pediatriya hamda tibbiy biologiya fakultetlari talabalari ishtirokida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir mazmunan boy dastur asosida, ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar, […]

tg_photo-895
Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun nishonlandi

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasida “Ona-tilim iftixorim” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surdotarjimonlik yo‘nalishining 1-kurs talabalari, Pediatriya hamda Fundamental tibbiyot yo‘nalishlarining 2-kurs talabalari faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan ijro etilgan she’r va g‘azallar, milliy o‘zbek raqslari hamda ona tilimizning ulug‘vorligini […]

tg_photo-891
Toshkent davlat tibbiyot universiteti TTJ yashovchi qizlar bilan 1 Pediatriya fakulteti xotin qizlar ishlar boyicha rektor maslahatchisi D.A.UstaAzizova va universitet psixologi G.S.Djumanova

Toshkent davlat tibbiyot universiteti TTJ yashovchi qizlar bilan 1 Pediatriya fakulteti xotin qizlar ishlar boyicha rektor maslahatchisi D.A.UstaAzizova va universitet psixologi G.S.Djumanova ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va psixologik suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida odob-axloq, o‘zini asrash, shaxsiy chegaralarni himoya qilish, turli salbiy ta’sirlarga berilmaslik va to‘g‘ri qaror qabul qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Psixolog tomonidan qizlarga o‘z his-tuyg‘ularini anglash […]

tg_photo-890
Giyohvandlik — asr vabosi.

Bitta xato qadam — butun bir umrning barbod bo‘lishi. Giyohvandlik — sekin-asta hayotni yutuvchi og‘u. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang! Sog‘lom kelajak o‘z qo‘lingizda. Yoshlarimizni bu illatdan asrash — nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki har birimizning, butun jamiyatning muqaddas burchidir! Talabalik — orzular ro‘yobga chiqadigan davr, uni bir shisha yoki tabletkaga almashmang!‼ Hushyor bo‘ling, hayotni va sog‘lom […]

tg_photo-888
“Til – qadri, el – qadri, inson – qadri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Til – qadri, el – qadri, inson – qadri”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 2026-yil 20-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-sonli talabalar turar joyi kutubxonasida Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Til – qadri, el – qadri, inson – qadri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Ijtimoiy fanlar […]

tg_photo-887
Ona tilim — faxrim, g‘ururim!

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! Bu sana xalqimiz uchun milliy g‘urur, o‘zlik va ma’naviyat timsolidir. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs talabalari tomonidan ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan videorolik tayyorlandi. Videorolik orqali talabalarimiz ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbat va hurmatini ifoda etdilar. Zero, o‘zbek tili — millatimizning bebaho […]

tg_photo-882
Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi va gematologiyasi kongressi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi va gematologiyasi kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy-amaliy anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan 1 000 nafarga yaqin yetakchi olimlar, shifokorlar va tibbiyot mutaxassislari ishtirok etmoqda. Kongressning asosiy maqsadi bolalarda uchraydigan onkologik va gematologik […]