tg_photo-583
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi? Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida

#SavolJavobKunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi? Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida to‘liq stavkada mehnat faoliyatini amalga oshirishiga nisbatan qandaydir cheklovlar mavjudmi?Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov javob beradi.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

tg_photo-576
PROFILAKTIK TADBIR: PREZIDENT FARMONI MAZMUN-MOHIYATI TALABALARGA TUSHUNTIRILDI.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida talabalar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish, yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish, zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi. 1-bosqich 113–118-AB guruhlari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–207-son Farmoni mazmun-mohiyati mas’ullar tomonidan tushuntirildi. Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, […]

tg_photo-567
MEHR-SAXOVAT UYIDA XAYRIYA VA VOLONTYORLIK TASHRIFI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-Pediatriya fakulteti talabalari tomonidan ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Mehr-saxovat uyi»ga xayriya tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida markazda istiqomat qilayotgan insonlar uchun palov, salat, shirinliklar, non va choy olib borildi. Shuningdek, ularga shampun, tish pastasi, tish cho‘tkasi va sovun kabi shaxsiy gigiyena vositalari taqdim etildi. Talabalar markazda istiqomat qilayotgan insonlar […]

tg_photo-562
“Besh tashabbus olimpiadasi”: Stritbol bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazildi!

Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda. Kecha, 13 oktabr kuni 1 va 2-Pediatriya, Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetlari talabalari o‘rtasida sportning stritbol turi bo‘yicha saralash bosqichi tashkil etildi. Musobaqada fakultetlarning talaba-sportchilari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, o‘zlarining […]

tg_photo-557
MILLIY KURASH MAYDONIDA MUROSASIZ BELLASHUVLAR VA MUNOSIB G‘ALABALAR!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida yigitlar o‘rtasida milliy kurash sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada talaba-yigitlarimiz kuch, chaqqonlik, epchillik va matonat borasida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Gilam ustida kechgan qizg‘in bellashuvlarda har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etib, munosib natijalar qayd etdi. 60 kg vazn toifasi: 1-o‘rin — Qo‘zimurodov Shermuhammad, 1-son Davolash […]

tg_photo-553
«BESH MUHIM TASHABBUS» OLIMPIADASI BO’LIB O’TMOQDA.

«Besh muhim tashabbus» olimpiadasi doirasida voleybol bo‘yicha qizlar va yigitlar jamoalari o‘rtasida qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining mahoratlari, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.Musoboqada bir nechta jamoalar kuch sinashdi. Chaqqonlar,Tarnado Pediatr,Apex G’oliblar,Aura Progress,Meddivas Liders Qizlar jamoalari faol ishtirok etishdi. Yakuniy natijalar Qizlar jamoalari o‘rtasida: 1-o‘rin – Chaqqonlar 1-kurs 2-o‘rin – […]

tg_photo-544
Bugun Sergeli Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi  texnikumi  o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya kampusiga tashrif buyurib  universitetida yaratilgan zamonaviy

Bugun Sergeli Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi  texnikumi  o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya kampusiga tashrif buyurib  universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida […]

tg_photo-535
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA YENGIL ATLETIKA MUSOBAQASI YUQORI SAVIYADA O‘TDI!

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA YENGIL ATLETIKA MUSOBAQASI YUQORI SAVIYADA O‘TDI! Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-Davolash fakultetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Yengil atletika turi bo‘yicha qizg‘in va murosasiz musobaqa tashkil etildi. Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan […]

tg_photo-534
Edu.uz — eng ko‘p iqtibos keltiriladigan Telegram kanallari qatorida!

Edu.uz — eng ko‘p iqtibos keltiriladigan Telegram kanallari qatorida! O‘zbekistonning rasmiy ta’lim va ilm-fan yangiliklarini yoritib boruvchi Edu.uz Telegram kanali TGStat platformasining iqtibos indeksi bo‘yicha O‘zbekiston Telegram kanallari reytingida yuqori o‘ntalikdan joy oldi. 143 596 nafar obunachi ga ega Edu.uz kanalining reytingda 6-o‘rinni egallagani uning axborot maydonidagi faolligi va materiallariga boshqa manbalar tomonidan murojaat qilinayotganini […]

tg_photo-531
“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI

“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI Toshkent davlat tibbiyot universiteti talaba-qizlari “IT QUEENS – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqichida faol ishtirok etdilar. Tanlovda universitetning quyidagi talaba-qizlari turli yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar: Yo‘ldosheva Xayot Komiljon qizi — “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi; Xo‘jayeva Ziyoda Ziyodilloho‘ja qizi — “Mobil ilovalar” yo‘nalishi; Tohirova […]