tg_photo-144
TALABALIK — OLTIN DAVR

“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Xanapiyayev Farhodjon Rahmonovich talaba-yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi. U o‘z nutqida talabalik davrini inson hayotidagi eng qadrli va mas’uliyatli bosqichlardan biri sifatida ta’riflab, aynan shu yillarda ustozlardan eng zarur bilim va tajribalarni olish, tinimsiz o‘qib-o‘rganish muhim ekanini ta’kidladi. Bugun tibbiyot sohasida […]

tg_photo-143
“TOSHDAVTU TALABASIGA HAVAS QILAMAN”

“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Baxrom Ismoilovich Abdullayev ham talaba-yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi. U Toshkent davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan yoshlarga havasini yashirmadi va universitetni mamlakatimizning eng nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biri sifatida e’tirof etdi. Bugun ana shunday katta ilmiy muhitga […]

tg_photo-142
USTOZGA TA’ZIM, YOSHLARGA ISHONCH

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Sunnatovich Imomov tantanali marosimda so‘zga chiqib, o‘zi ham shu oliygoh talabasi bo‘lganini faxr bilan esladi. U talabalik qasamyodining mazmuni bir kunlik tantana bilan cheklanmasligini, uning ortida kelajak kasbi, inson hayoti va shifokorlik burchi oldidagi katta mas’uliyat turishini ta’kidladi. Ustozlarga chuqur ehtirom bildirib, yoshlarni zamon bilan hamnafas bo‘lishga, […]

tg_photo-138
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim.

Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda. Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy […]

tg_photo-135
Toshkent Davlat tibbiyot universiteti  “Gospital pediatriya. Xalq tabobati” kafedrasi dotsenti Yunusova R.T, assistentlar Abdurazzakova Z.K, Tashmatova B.R.lar 2026-yil 25 sentabr kuni Do‘stlik Abu

Toshkent Davlat tibbiyot universiteti  “Gospital pediatriya. Xalq tabobati” kafedrasi dotsenti Yunusova R.T, assistentlar Abdurazzakova Z.K, Tashmatova B.R.lar 2026-yil 25 sentabr kuni Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida Universitet o’qituvchilari texnikumda o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi hamda  Toshkent Davlat tibbiyot universitetining  “Gospital pediatriya. Xalq tabobati” kafedrasi va Do‘stlik […]

tg_photo-128
Toshkent davlat tibbiyot universiteti olimlari Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi Butunjahon psixiatriya kongressida O‘zbekistonni namoyon etmoqda

2026-yil 23–26-sentabr kunlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida «Hamdardlik va ilm-fanga tayangan holda: zamonamiz psixiatriyasi» (“Guided by Compassion, Grounded in Science: Psychiatry for Our Time”) mavzusida Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasining 26-kongressi o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti olimlari – professor V.K. Abdullayeva va professor Sh.Sh. Magzumova O‘zbekiston nomidan ishtirok etib, ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildilar […]

tg_photo-127
Talabalik qasamyodi — mas’uliyat va sadoqat timsoli

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi uchun “Talabalik qasamyodi” — shunchaki tantanali marosimda aytiladigan so‘zlar emas, balki tibbiyot va jamiyat oldidagi ilk mas’uliyatli va’dadir. Vatanga sadoqat — yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrash, egallayotgan bilim va mehnatimiz bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish. Ajdodlar merosiga munosiblik — Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy kabi […]

tg_photo-126
Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida “Milliy liboslar — qadriyatlarimiz ko‘zgusi” nomli chellenj

tashkil etildi. Mazkur chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash hamda milliy liboslarimizning o‘ziga xosligini namoyon etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida talabalar milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy kiyinish madaniyati va qadriyatlarini namoyish etdilar. Milliy liboslarning […]

tg_photo-116
USTOZ VA MURABBIYLAR — YUKSAK EHTIROM VA E’TIROF TIMSOLI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-pediatriya fakultetida ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan ustoz va murabbiylarga bo‘lgan chuqur hurmat, samimiy ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari o‘ziga xos tarzda namoyon etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va dil izhorlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Ustoz — qalblarga ilm nurini olib […]

tg_photo-111
O‘qituvchilar va murabbiylar kuni muborak!

O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetning 2-kampusida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun bayramona tabrik tadbiri tashkil etildi. Ustoz — bilim va ma’rifat ulashuvchi, yosh avlodni ezgu maqsadlar sari yetaklovchi, hayot yo‘lida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi buyuk insondir. Har bir shogirdning yutug‘i ortida ustozning fidokorona mehnati, sabri va mehr-muhabbati mujassam. Ustozlarning mehnati — kelajak poydevori. Ular yoshlarning bilimli, […]