Ijtimoiy loyiha
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari tomonidan ijtimoiy tashabbus amalga oshirildi

2025-yil 23-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti 1-bosqich 105 “a” va “b” guruh talabalari fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.D. Alimova boshchiligida Chilonzor tumanida joylashgan 66-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurishdi. Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tashrif davomida talabalar maktab tarbiyalanuvchilariga bayramona kayfiyat […]

photo_2025-12-23_11-58-20
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida «Talabalar ligasi» doirasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi voleybol musobaqalari tobora keskin va murosasiz tus olmoqda. Har bir uchrashuvda jamoalar g‘alaba uchun bor kuchini ishga solib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etmoqda.

Navbatdagi natijalar qayd etildi: «Team Blockers» jamoasiga 2:0  «Elements» jamoasi mag‘lub bo‘ldi. “Leaders” jamoasi 2:1 «Gambet»jamoasi «Thrivers» jamoasi  “Akatkusiki” jamoasi  ustidan ishonchli 2:0 g‘alabani qo‘lga kiritdi “Leaders” jamoasi 2:0 Narkoz» jamoasi. «Stom-2» jamoasi  «Team magnum» jamoasiga 2:0 hisobida mag‘lub bo’ldi. “Team magnum ” jamoasi “UnQ” jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Gambet” jamoasi  “Team magnum […]

Muallim filmi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tashabbusi bilan mamlakatimizdagi eng yirik — 1800 o‘ringa ega Alisher Navoiy nomli “Panorama” kinosaroyida “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tashabbusi bilan mamlakatimizdagi eng yirik — 1800 o‘ringa ega Alisher Navoiy nomli “Panorama” kinosaroyida universitet professor-o‘qituvchilari uchun yuksak tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyatga ega, vatanparvarlik ruhini targ‘ib etuvchi “Muallim” badiiy filmining maxsus namoyishi hamda film ijodkorlari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur badiiy asar ustozga bo‘lgan hurmat-ehtirom, kasbga sadoqat, fidoyilik va […]

https://youtube.com/shorts/vCHLrohpSPE
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev tashrif buyurdi

Tashrif doirasida Alisher Sa’dullayev dastavval universitetning o‘quv-ilmiy faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda talabalarga berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi direktori va universitet rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan ishlash, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent […]

13-sonli Talabalar turar joyi
Talabalar turar joyida yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Bobomurodov Turdiqul Akramovich bilan navbatdagi uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetining 13-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Turdiqul Akramovich talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, yashash xonalari, umumiy foydalanish joylari hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat uchun ajratilgan xonalarni ko‘zdan kechirdi. Talabalar turar joyining faollar zalida talabalar […]

Rahbar va yoshlar uchrashuvi
«Rahbar va yoshlar uchrashuvi»- ochiq muloqot va amaliy maslahatlar maydoni

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1–2-stomatologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomuratov Turdiqul Akramovich ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechimlar topish, shuningdek, yoshlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga oid muhim ko‘nikmalar […]

Toshkent davlat tibbiyot universiteti intellektual olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritib, Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti intellektual olimpiadada g’oliblikni qo’lga kiritib, Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi

Respublika miqyosida o‘tkazilgan nufuzli intellektual olimpiada o‘z yakuniga yetdi. Umumjamoa hisobida yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalari g‘olib sifatida e’tirof etilib, Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi. G‘oliblar quyidagicha: 1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti 2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-o‘rin — Fan va texnologiyalar universiteti Olimpiada natijalariga ko‘ra, g‘olib talabalar ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasalariga egallagan […]

Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi.
Ayni damda Yangi Oʻzbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir boshlandi.

Mazkur tadbir Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbir ochilishida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti birinchi prorektori Bahodir Ahmedov ishtirok etib, yoshlarga qaratilgan innovatsion tashabbuslar va universitetlararo hamkorlikning ahamiyati haqida fikr bildirmoqdalar. Dastur doirasida universitetlarda startap ekotizimini rivojlantirish, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun […]

Gimnastrada
“Gimnastika barcha uchun!” shiori ostida Prezident kubogining Respublika bosqichi o‘tkazildi

“Universal” sport majmuasida xotin-qizlar o‘rtasida gimnastrada sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika bosqichi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. Musobaqada […]