tg_photo-929
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI JIZZAXDA SEMINAR O‘TKAZISHDI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rejasi doirasida 2026-yil 14-oktabr kuni ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika” kafedrasi tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Usmanov Shuxrat O‘sarovich hamda kafedra assistenti Baxramov Maxmudjon Saydulloyevich ishtirok etdilar. Tadbir texnikumning […]

tg_photo-925
GIYOHVANDLIK VA UNING SALBIY OQIBATLARI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriya va xalq tabobati fakulteti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 10-sonli talabalar turar joyida “Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik va taqdimot namoyish etildi. Unda giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda […]

tg_photo-922
«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriya fakultetida talabalarning bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, topqirligi va zukkoliklarini namoyon etib, jamoaviy hamkorlik va tezkor fikrlash orqali o‘zaro kuch sinashdilar. Ushbu tadbir talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda fakultetda sog‘lom raqobat […]

tg_photo-921
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”STRITBOL SPORT TURI BO‘YICHA MUSOBAQA! Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining stritbol sport turi bo‘yicha universitet bosqichi fakultetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida tashkil etiladi. Sana: 22-oktabr Vaqti: 14:00 Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Pediatriya kampusi. Barcha fakultet talabalarini musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sport […]

tg_photo-916
O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli

2026-yil 19-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya yo‘nalishida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida Bobur Bobomurod ishtirok etdi. Dars davomida o‘zbek tilining millat ma’naviyati, tarixiy xotirasi va milliy qadriyatlarini mujassam etgan bebaho meros ekani, uning mustaqil davlatchiligimizni ifodalash va xalqimizning o‘zligini namoyon […]

tg_photo-915
Kiberxavfsizlik — zamon talabi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “APK Qo‘riqchi” chellenji orqali yoshlar va keng jamoatchilikni kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishga, internet tarmog‘idagi tahdidlarga qarshi hushyorlikni oshirishga hamda raqamli xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga chorlamoqda! Unutmang, birgina ehtiyotsiz harakat shaxsiy ma’lumotlaringiz va moliyaviy mablag‘laringiz xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Shubhali havolalarga kirmang, noma’lum APK fayllarni yuklab olmang, shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga […]

tg_photo-912
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan talabalarga “Til – qadri, el – qadri, inson – qadri”

mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza tashkil etildi. Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifodalovchi bebaho qadriyat ekanligi alohida ta’kidlandi. Ona tilimiz xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan muqaddas boylik ekani qayd etildi. Ma’ruzada 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, ushbu tarixiy voqeaning xalqimiz hayotidagi ahamiyati […]

tg_photo-906
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: STRITBOL MUSOBAQASIDA G‘OLIBLAR ANIQLANDI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida talabalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Keskin va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqada jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, aniq zarbalari va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, g‘oliblik uchun bor kuch va mahoratlarini ishga soldilar. 1-o‘rin — Xalqaro fakultetining “Geza” jamoasi; 2-o‘rin — Tibbiy […]

tg_photo-898
O‘ZBEK TILI – MILLAT G’URURI VA MA’NAVIYAT KO’ZGUSI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida tibbiy pedagogika va davolash ishi, 2-pediatriya hamda tibbiy biologiya fakultetlari talabalari ishtirokida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir mazmunan boy dastur asosida, ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar, […]